«Zomin santoriysi»

«Zomin santoriyasi» Respublikamizda eng mashhur dam olish va davolanish maskanlardan biridir. Salqin va mo’tadil toza havosi archazorlar bilan qoplangan tog’-o’rmoni, dorivor xushbo’y o’simliklar, tog’ hayvonlariga boyligi tabiatga o’zgacha ko’rk beradi.1

9

«Zomin santoriyasi» tuman markazidan 50 km uzoqlikda, Jizzax viloyatidagi iqlimiy kurort, Turkiston tog’-tizmasining shimoliy etaklarida, dengiz sathidan 2000 m balandlikda, qo’riqxona hududida archazorlar orasida joylashgan. Shu tufayli havoda atmosfera bosimi nisbatan past, kislorod va quyoshdan kelayotgan ulьtrabinafsha nurga boyligi aynan yuqori nafas yo’llari va asab tizimi kasalliklariga bog’liq bo’lgan bemorlar uchun juda foydali bo’lganligi sababli yuqoridagi qayd qilingan bemorlarni davolashga moslashgan.

Sihatgoh tog’ yonbag’rida joylashgan 7 qavatli zamonaviy binodan iborat. Binoning 1, 2-qavatlarida davolash bo’limi, oshxona, qabulxona, ma’muriyat joylashgan. Davolash bo’limi zamonaviy diagnostika davolash apparatlari bilan jihozlangan va ularda 40 nafar malakali hamshiralar 15 nafar oliy toifali shifokorlar faoliyat ko’rsatadi. Laborator-tashxis xonasi  UZI, EKG, Stomatologiya, Ginekologiya kabinetlari ishlab turibdi.

Ro’yxatxonada qabul qilinayotgangan dam oluvchilar qaytadan tor mutaxassisli shifokorlar va laborator-tashxis ko’rigidan o’tkaziladi, qaytadan tashxis qo’yilib, muolajalar buyuriladi.

Davolashda fizioterapiya omillaridan keng foydalaniladi. Ularga yuqori va past chastotali toklar, parafin, massaj, ulьtrabinafsha nurlari kiradi. Bundan tashqari 2 ta yopiq cho’milish havzasi, sauna, dorili, marvaridli vannalar, turli xil dushlar, suv osti massajlari, balchiq bilan davolash, vannalarga nina bargli archalardan olingan xvoy, CHortoq yod-brom tuzlaridan keng foydalaniladi.

Bizning sanatoriyamiz nafas yo’llari kasalliklarini davolashga moslashganligini inobatga olib bizda sun’iy mikroiqlim mayda kukunli natriy-xlorli tuz bilan davolash (galoterapiya) va Germaniyadan keltirilgan ingalyatsiya apparatidan keng foydalanib, bemorlarning tez kunlarda sog’ayib ketishiga erishilmoqda. Purkab davolash, ya’ni ingalyatsiya usuli bilan dorili antibiotikli dorivor o’simliklardan tayyorlangan nastoylar qo’llaniladi.

Ertalabki terenkur davolash gimnastikalari uchun 2 ta LFK zali mavjud bo’lib instruktor tomonidan bemorlar 5 xil guruhga bo’linib mashg’ulotlar o’tkaziladi.

Oshxonada shifokor-dietolog va diet hamshira tomonidan parhez taomlar buyurtma beriladi va dieta stollari belgilab qo’yiladi. Oshxona 500 kishiga mo’ljallangan zamonaviy ko’rinishda ta’mirlangan va jihozlangan.